locale OZ

\"Real\" Trentni rasmiy tanishtirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real" Trentni rasmiy tanishtirdi
Photo: Getty Images

Madridning “Real” klubi himoyachi Trent Alexander-Arnoldni rasmiy ravishda tanishtirdi.

Bugun klub tomonidan tantanali taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Madridlilar prezidenti Florentino Peres shaxsan Alexander-Arnoldni klub boshqaruv zalida kutib oldi. U yerda olti yillik shartnoma imzolandi.

Marosimdan so‘ng futbolchiga stadionning esdalik nusxasi, brendli soat va 12-raqamli futbolka topshirildi.

Shu tariqa, u “Real” klubiga erkin agent maqomida kelib qo‘shildi. Endilikda futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting