«Real» sobiq futbolchisi Gonkong klubi bilan shartnoma imzoladi
35 yoshli yarim himoyachi "Kitchee" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
ФОТО: Getty images
"Real" va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Asier Illarramendi faoliyatini Gonkong chempionatida davom ettiradi.
35 yoshli yarim himoyachi "Kitchee" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
U qishda "Dallas" bilan xayrlashgandi. Futbolchi faoliyati davomida "Real Madrid" va "Real Sociedad" safida ham to‘p surgan.
U "Real" safida YECHL, klublar o‘rtasidagi JCH, Yevropa Superkubogi kabi musobaqalarda g‘alaba qozongan.
Shuningdek, Illarramendi Ispaniya terma jamoasi safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist