locale OZ

«Real» Silva bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljidi, Mourinyo futbolchiga qiziqmoqda — Romano

Muzokaralar davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Silva bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljidi, Mourinyo futbolchiga qiziqmoqda — Romano
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi “Manchester Siti”ning sobiq yarim himoyachisi Bernardu Silva uchun rasmiy taklif yubordi. 31 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash borasidagi muzokaralar oldinga siljidi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, “Real”ga tayinlanishi kutilayotgan murabbiy Joze Mourinyo Bernardu Silvaning transferini talab qilmoqda.

“Qaymoqranglilar” portugaliyalik futbolchini qo‘lga kiritish poygasida “Barselona” va “Atletiko”ni ortda qoldirishlariga ishonchlari komil.

Avvalroq OAV Silva “Barselona” bilan ikki yillik shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Shuningdek, yarim himoyachi “ko‘k-anorranglilar” La Liganing moliyaviy qoidalariga mos kelish uchun o‘z maoshini kamaytirishga rozi bo‘lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting