locale OZ

«Real» Shlotterbek uchun yana da’vogar

Shlotterbekning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2031-yil iyunigacha mo‘ljallangan.
«Real» Shlotterbek uchun yana da’vogar
ФОТО: Getty images

«Real» klubining «Borussiya D» himoyachisi Niko Shlotterbekka qiziqishi so‘nggani yo‘q. Bu haqda BILD xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga jami oltita klub qiziqish bildirmoqda. Ular orasida «Real» ham bor. Shlotterbekning shartnomasida 60 million yevrolik tovon puli mavjudligi transferni amalga oshirishni osonlashtirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, nemis himoyachisi ushbu mavsumda Bundesliganing faqat bitta bahsida maydonga tushdi. U dastlabki uchrashuvlarni jarohati sabab o‘tkazib yuborgan.

Ma’lumot uchun, Shlotterbekning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2031-yil iyunigacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting