\"Real\" Saka uchun 120 million yevro sarflashga tayyor
Madridning “Real” klubi tez orada bir qator o'zgarishlarni amalga oshirish arafasida turibdi.
“Qirollik klubi” “Arsenal” bilan Bukayo Saka borasida muzokaralarni amalga oshirib ko'radi. “Real” Saka uchun 120 million yevro miqdorida pul sarflashga tayyor ekanligini bildirdi va bu yo'lda Vinisus Junior hamda Rodrigodan vos kechishi ham mumkin.

Madrid klubi anchadan beri transferlar qilmayapti. Faqatgina Mbappe va Bellinghem o'tgan yili klubga kelib qo'shilishdi. Vinisusning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida o'z nihoyasiga yetadi va uni uzaytirish bo'yicha muzokaralar oylik maoshidagi norozilik uchun bloklab qo'yildi.
Vinisus va Rodrigo faoliyatini Angliya primyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Ularga “Manchester Siti” va “Liverpul” qiziqish bildirmoqda.