locale OZ

“Real” Ryudiger bilan shartnomani uzaytirmasligi mumkin

Tomonlar o'rtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” Ryudiger bilan shartnomani uzaytirmasligi mumkin
Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi markaziy himoyachi Antonio Ryudiger bilan amaldagi shartnoma yakunlangach, hamkorlikni davom ettirmasligi mumkin. Madridista Hoy ma’lumotiga ko‘ra, klub 33 yoshli germaniyalik futbolchiga yangi kelishuv taklif qilishni rejalashtirmayapti. Hozircha “Real” tomonidan bu borada rasmiy bayonot berilmagan.

Manbaning yozishicha, madridliklar Ryudigerning o‘rnini to‘ldirish variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda. Asosiy nomzodlardan biri “Real” akademiyasi tarbiyalanuvchisi, hozirda “Komo” safida to‘p surayotgan Yakobo Ramon hisoblanadi.

Ryudiger “Real” safida 2022-yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Klub 2026-yil iyunida himoyachi bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirgan va amaldagi kelishuv 2027-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Ryudigerning kelajagi bo‘yicha hozircha turli xabarlar mavjud. “Mundo Deportivo” 24-sentabr kuni uning masalasi mavsum yakunida klub va futbolchi tomonidan birgalikda hal qilinishi, ayni paytda tomonlar hamkorlikni davom ettirishga qarshi emasligini yozgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting