«Real» Rüdigerga yangi shartnoma taklif qildi
Germaniyalik futbolchi jamoada qolmoqchi.
ФОТО: Getty images
Madridning “Real” klubi himoyachi Antonio Rüdigerning jamoada qolishini istamoqda. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Ma'lumot uchun, 33 yoshli himoyachining amaldagi shartnomasi shu yil yozida yakuniga yetadi.
Manbada aytilishicha, germaniyalik futbolchining o‘zi ikki yillik bitim istamoqda, biroq klubdagilar uning bir yillik kelishuvga rozi bo‘lishiga ishonishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rüdiger 2022 yil yozidan beri Madrid klubida o‘ynamoqda. U bu mavsumda La Ligada 13 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Shuningdek, u “Chelsi”, “Roma” va “Shtutgart” klublarida ham to‘p surgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist