locale OZ

«Real» Ruben Neves uchun da’vogarga aylandi

Portugal futbolchisining “Al-Hilol” bilan shartnomasi 2026 yil yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Ruben Neves uchun da’vogarga aylandi
ФОТО: Getty images

“Al-Hilol” klubi futbolchisi Ruben Neves faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.

Fichajes nashri xabariga ko‘ra, yarim himoyachiga “Real Madrid” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Portugal futbolchisining “Al-Hilol” bilan shartnomasi 2026 yil yozida yakuniga yetadi.

Hozircha bitimni uzaytirish borasida muzokaralar olib borilmagan. Shu sababli klub yanvar oyida futbolchini sotib, uning transferidan foyda ko‘rishni istamoqda.

Neves uchun “Manchester United” ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endilikda futbolchi uchun “Real” ham da’vogarga aylandi.

Ruben joriy mavsum “Al-Hilol” tarkibida jami 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting