locale OZ

«Real» Rodrining transferi uchun 150 mln yevro taklif qiladi

Muzokaralar kelasi yilda boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Rodrining transferi uchun 150 mln yevro taklif qiladi
ФОТО: Getty images

“Real Madrid” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrining transferiga jiddiy e’tibor qaratgan.

Daily Star xabar berishicha, “qirolicha” klub “shaharliklar” futbolchisini xarid qilish uchun 150 million yevro sarflamoqchi.

Qayd etilishicha, “shaharliklar” 29 yoshli ispaniyalik yarim himoyachini jamoada saqlab qolmoqchi.

“Qirolicha klub” futbolchini sotib olish bo‘yicha taklifni 2026 yilning yozida jo‘natmoqchi.

Ma’lumot uchun, Rodri 2019 yildan buyon “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. 2024 yilda “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting