locale OZ

«Real» Rodrini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, uning bozor qiymati 65 million yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Rodrini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri faoliyatini “Real” klubida davom ettirishga tayyor. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, Xosep Gvardiola “Siti”ni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlardan soʻng, 29 yoshli futbolchi uchun Ispaniyaga qaytish varianti yana dolzarb masalaga aylandi. Taʼkidlanishicha, «Oltin toʻp»-2024 sohibi uchun bu yoʻnalish doimo ustuvor boʻlib kelgan.

Madrid klubida Rodrining liderlik xususiyatlari, taktik hisi, oʻyinni nazorat qilish va muvozanatni saqlash qobiliyati yuqori baholanadi. Shuningdek, futbolchining oʻzi ham “Real” safida toʻp surishni istamoqda.

Shu bilan birga, Ispaniya terma jamoasi aʼzosini qoʻlga kiritish oson kechmaydi. Uning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yilga moʻljallangan. Biroq transfer amalga oshishida hal qiluvchi omil futbolchining shaxsiy qarori boʻlishi mumkin.

Joriy mavsumda Rodri barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, uning bozor qiymati 65 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting