«Real» Rodrigoning xochsimon boylamlari yirtilganini tasdiqladi
Madridning «Real» klubi rasmiy sayti orqali vinger Rodrigo Goesning tizzasidagi xochsimon bog‘lamlari uzilganini tasdiqladi.
«Bugun o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, futbolchimiz Rodrigoga o‘ng oyog‘idagi oldingi xochsimon bog‘lamlar va lateral menisk yirtilishi tashxisi qo‘yildi», — deyiladi «qirollik klubi» bayonotida.
Avvalroq Marca nashri 25 yoshli futbolchi mavsumning qolgan qismini va 2026 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi haqida xabar bergan edi.
Braziliyalik futbolchi Ispaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan «Xetafe»ga (0:1) qarshi o‘yinda jarohat oldi. «Qaymoqranglilar» hujumchisi jarohatiga qaramay o‘yinni oxirigacha davom ettira olgan: Rodrigo «Santyago Bernabeu» maydoniga 55-daqiqada tushib, bahs yakuniga qadar harakat qilgan.