locale OZ

«Real» Reyndersga qiziqib qoldi

O‘tgan yilning yozida “Manchester Siti” futbolchini “Milan”dan qariyb 55 million yevroga sotib olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Reyndersga qiziqib qoldi
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Teyani Reynders yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.

Niderlandiyalik futbolchi “shaharliklar” tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi, bu esa uning sotilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘ldi.

Transfer News Live'ning X ijtimoiy tarmog‘idagi xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchiga potensial da’vogarlardan biri Madridning “Real” klubi bo‘lib turibdi, ular yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Angliya klubi xavbek uchun taxminan 58 million yevro so‘raydi.

Joriy mavsumda Reynders Xosep Gvardiola jamoasi safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, yettita gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. O‘tgan yilning yozida “Manchester Siti” futbolchini “Milan”dan qariyb 55 million yevroga sotib olgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting