locale OZ

«Real» «Rasing»ning 18 yoshli yarimhimoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Ushbu futbolchiga shuningdek, «Barselona» ham qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» «Rasing»ning 18 yoshli yarimhimoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Rasing» jamoasining 18 yoshli iqtidorli yarimhimoyachisi Serxio Martinesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda nufuzli AS nashri xabar bermoqda. Biroq bu yo‘lda «qirollik klubi»ga azaliy raqibi — «Barselona» jiddiy raqobat tug‘dirishi kutilmoqda.

Ispaniyaning har ikki giganti ham Ispaniya U-19 terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Martines bo‘yicha taklif tayyorlab qo‘ygan. Rejaga ko‘ra, klublar futbolchini 30 iyunga qadar o‘zlarining zaxira jamoalariga ijaraga olib, shartnomaga sotib olish huquqini kiritmoqchi. Shuningdek, «Real» va «Barsa» «Rasing» akademiyasi tarbiyalanuvchisini darhol to‘liq sotib olish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

Martines — maydon markazida istalgan pozitsiyada o‘ynay oladigan kreativ yarimhimoyachi. U tayanch, markaziy yoki hujumkor yarimhimoyachi sifatida birdek foydali harakat qila oladi.

Yosh iqtidor mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida barchani hayratda qoldirib, asosiy jamoada qolgan edi. Biroq mavsum davomida u asosiy tarkibdagi joyini biroz yo‘qotib qo‘ydi. Shunga qaramay, uning salohiyati Madrid va Kataloniya skautlarida katta qiziqish uyg‘otgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting