locale OZ

«Real» rahbariyati Valverde va Tchuamenini «maksimal darajada» jazolashini ma’lum qildi

Madrid klubi ichki muhitiga darz ketdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» rahbariyati Valverde va Tchuamenini «maksimal darajada» jazolashini ma’lum qildi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarim himoyachilar Federiko Valverde va Aurelian Tchuameni o‘rtasida yuz bergan mushtlashuvga nisbatan zudlik bilan munosabat bildirdi. «Qirollik klubi» ko‘plab jamoadoshlari guvohligida sodir bo‘lgan ushbu ko‘ngilsiz voqeadan so‘ng har ikki futbolchi ham «og‘ir jazo»ga tortilishini ochiqladi. Bu haqda Cadena Ser nashri xabar bermoqda.

«Bu mumkin bo‘lgan eng yuqori darajadagi jazo bo‘ladi», — deya ma’lum qilgan nashr manbalari.

Xabarda ta’kidlanishicha, «Real» rahbariyati Valverde va Tchuameniga nisbatan intizomiy choralarni qo‘llab ulgurgan.

Avvalroq OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Valverde o‘zaro nizodan so‘ng yarashish niyatida bo‘lgan Tchuameni bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgan. Buning ortidan futbolchilar o‘rtasida yana janjal kelib chiqqan va oqibatda urugvaylik futbolchining boshi yorilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting