locale OZ

«Real» rahbariyati Mbappening jismoniy holatidan xavotir olmoqda

Qayd etilishicha, fransiyalik hujumchining maydondagi faolligi pasaygan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» rahbariyati Mbappening jismoniy holatidan xavotir olmoqda
FOTO: Getty Images

«Real Madrid» rahbariyati va murabbiylar shtabi hujumchi Kilian Mbappening so‘nggi uchrashuvlardagi harakatlaridan jiddiy tashvishga tushmoqda. Sport.es nashri xabariga ko‘ra, fransiyalik forvardning gollar soni kamaymagan bo‘lsa-da, uning umumiy jismoniy holati va maydondagi faolligi pasaygan.

Manbaning ta’kidlashicha, La Liganing 25-turida «Osasuna»dan qabul qilingan mag‘lubiyat (1:2) Mbappening o‘yini borasidagi shubhalarni yanada kuchaytirgan. Mazkur bahsda «ko‘rinmay qolgan» hujumchining formasiga yil boshida olgan tizzasidagi jarohati hamon ta’sir o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin.

Hozirda «qirollik klubi» muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda bosh murabbiy Alvaro Arbeloadan Kilian Mbappega dam berishni va uning to‘liq tiklanishiga imkoniyat yaratishni so‘rashmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting