locale OZ

«Real» rahbariyati Mbappedan norozi — COPE

Fransiyalik hujumchi kutilgan yetakchiga aylana olmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» rahbariyati Mbappedan norozi — COPE
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi mutasaddilari hujumchi Kilian Mbappe borasida o‘z kutganlariga erisha olmayotganliklarini bildirishmoqda. COPE nashrining xabar berishicha, klubdagilar Mbappeni jamoaning haqiqiy yetakchisi sifatida ko‘rishni istashgan, biroq hozircha vaziyat boshqacha tus olmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, fransiyalik yulduz na kiyim almashtirish xonasida va na maydonda boshqa futbolchilar uchun yetakchi bo‘la olgan. «Qaymoqranglilar» rahbariyati Mbappening jamoaga moslashish davri biroz qiyin kechishini taxmin qilgan edilar, biroq vaqt o‘tishi bilan u o‘zini ko‘rsatib, jamoani o‘z ortidan ergashtirishiga ishonishgan. Afsuski, hozircha bu umidlar oqlanmayapti.

Hozirda Kilian Mbappe chap oyog‘idagi yarim pay mushagining jarohati sababli tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Shu sababli u 3-may kuni Ispaniya La Ligasining 34-turi doirasidagi «Espanyol»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Tibbiy shtabning prognozlariga ko‘ra, hujumchi 10 may kuni bo‘lib o‘tadigan «Barselona»ga qarshi prinsipial uchrashuv — «El-Klasiko»ga qadar tayyor bo‘lishi mumkin.

Mbappening jarohatidan so‘ng maydonga qaytishi va eng muhim bahslardagi harakati uning klubdagi kelajakdagi mavqeyi hamda muxlislar bilan munosabatini belgilab beruvchi muhim omil bo‘lishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting