locale OZ

“Real” rahbariyati Federiko Valverdega to‘liq ishonch bildirmoqda

Urugvaylik futbolchi jamoa sardori boʻladi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
“Real” rahbariyati Federiko Valverdega to‘liq ishonch bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi rahbariyati yarim himoyachi Federiko Valverdeni jamoaning muhim yetakchilaridan biri sifatida ko‘rishda davom etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, klub Valverdega bo‘lgan ishonchini saqlab qolgan va urugvaylik futbolchi kelasi mavsumda jamoa sardorlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Manbada qayd etilishicha, “Real” Valverdeni klub loyihasining asosiy futbolchilaridan biri deb hisoblamoqda. Shu sababli uning jamoani tark etishi varianti rahbariyat tomonidan ko‘rib chiqilmayapti.

So‘nggi mavsum Valverde uchun turli voqealarga boy bo‘ldi. Uning maydondagi samarali o‘yini ayrim bahsli holatlar bilan birga kechgan bo‘lsa-da, klub ichida unga nisbatan munosabat o‘zgarmagan.

Shuningdek, avvalroq futbolchining maydondagi pozitsiyasi borasida murabbiylar shtabi bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelgani ham xabar qilingan edi. Biroq bu holatlar “Real”ning Valverdega bo‘lgan ishonchiga ta’sir ko‘rsatmagan.

Klub rahbariyati Valverdening xarakteri, tajribasi va jamoa ichidagi o‘rnini yuqori baholamoqda. Aynan shu omillar uning sardorlik darajasiga ko‘tarilishida muhim rol o‘ynashi mumkin.

Federiko Valverde so‘nggi yillarda “Real”ning eng barqaror va mehnatkash futbolchilaridan biriga aylangan. Klub esa uni kelajakdagi asosiy yetakchilardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting