locale OZ

“Real”, PSJ, “Liverpul” va “Tottenhem” “Hull Siti” darvozaboniga qiziqmoqda

23 yoshli gretsiyalik posbon Angliyaga kelganidan keyin qisqa vaqt ichida Yevropaning bir qator top-klublari e’tiborini tortgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real”, PSJ, “Liverpul” va “Tottenhem” “Hull Siti” darvozaboniga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

“Real Madrid”, PSJ, “Liverpul” va “Tottenhem” “Hull Siti” darvozaboni Konstantinos Tsolakisning holatini kuzatib bormoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda. 23 yoshli gretsiyalik posbon Angliyaga kelganidan keyin qisqa vaqt ichida Yevropaning bir qator top-klublari e’tiborini tortgan.

Manbaga ko‘ra, “Tottenhem” Tsolakisni bir necha bor kuzatgan va uni kelasi mavsum uchun asosiy darvozabon variantlaridan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. London klubida Antonin Kinskiyning hozirgi saviyasiga shubha bilan qarayotgan rahbarlar borligi aytilmoqda. “Liverpul” ham Tsolakisning rivojlanishini kuzatmoqda, ayniqsa Alissonning uzoq muddatli kelajagi noaniq bo‘lib turgan bir paytda.

“Real Madrid” va PSJ esa gretsiyalik darvozabonni hali “Olimpiakos” safida o‘ynagan davridan beri kuzatib kelmoqda. “Hull Siti” esa yozda Tsolakisni taxminan 20 mln funt va bonuslar evaziga sotib olgan va hozircha uni sotishni rejalashtirmayapti. Klub uni Premyer-ligada qolish uchun kurashdagi muhim futbolchilardan biri deb hisoblaydi.

Ma’lumot uchun, Tsolakis joriy Premyer-liga mavsumida beshta uchrashuvda maydonga tushib, uch bor darvozasini daxlsiz saqlagan. U “Hull Siti” bilan besh yillik shartnoma imzolagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting