«Real» Pasni ortga qaytarmoqchi
"Como" Pasni boshqa klubga sotishga qaror qilsa, "Real" barcha summaning 50 foizini oladi.
ФОТО: Getty images
"Como" klubi hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas hamon "Real"ning radaridan tushmayapti. Bu haqda jurnalist Ekrem Qonur xabar bermoqda.
Yozda klub Pasni 8 million yevroga qayta sotib olish imkoniyatidan foydalana olmagandi.
Biroq "qaymoqranglilar" xavbekni 2026 yilda 9 million yevroga yoki 2027 yilda 10 million yevroga qaytarib olishi mumkin.
Qayd etilishicha, "Como" Pasni boshqa klubga sotishga qaror qilsa, "Real" barcha summaning 50 foizini oladi.
Joriy mavsumda 21 yoshli argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist