locale OZ

“Real” o'z tarkibini ispaniyalik himoyachi bilan kuchaytirmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” o'z tarkibini ispaniyalik himoyachi bilan kuchaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi “Real Sosedad” himoyachisi Martin Zubimendiga qiziqish bildirmoqda va yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda COPE nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “qaymoqranglilar”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoadan ketishini e'lon qilgan Luka Modrich o'rniga rahbariyatdan Zubimendini olib kelishni talab qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Zubimendi joriy mavsum barcha turnirlarda 48 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting