locale OZ

«Real» muxlislari Prestiannini «iliq» kutib olishdi

«Benfika» hujumchisi avvalroq nomaʼlum muddatga diskvalifikatsiya qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» muxlislari Prestiannini «iliq» kutib olishdi
FOTO: Getty Images

«Benfika» hujumchisi Janluka Prestianni Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi «Real»ga qarshi javob o‘yini oldidan yana bir mojaro markazida qoldi.

Lissabonliklar Madridga yetib kelishganida, bir guruh mahalliy muxlislar mehmonxona oldida futbolchini ochiqchasiga haqorat qilishdi. Vaziyat shunchalik tarangki, argentinalik vingerga qarshi «Santyago Bernabeu»da ulkan bosim bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, UEFA ayni damda Prestianniga nisbatan vaqtinchalik diskvalifikatsiya chorasini qo‘llagan. Gap shundaki, u avvalgi bahsda «Real» yulduzi Vinisius Juniorni haqorat qilganlikda gumonlanmoqda.

O‘shanda Prestianni gaplari fosh bo‘lmasligi uchun og‘zini futbolkasi bilan yopib olgan edi. Hozirda tashkilot ushbu epizod bo‘yicha yakuniy surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting