«Real» muxlislari Peresning isteʼfosini talab qildi
Madridliklar La Ligada 2-o‘rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi muxlislari La Liganing 26-turida “Xetafe”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘linganidan so‘ng, klub prezidenti Florentino Peresning isteʼfosini talab qilishdi. Bu haqda CadenaSER nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, uchrashuv yakunlangach, “Santiago Bernabeu” stadionining tribunalarida “Florentino isteʼfoga chiqsin!”, degan shiorlar yangradi.
Bu mag‘lubiyat “Real Madrid”ning La Ligadagi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Jamoa navbatdagi turda “Selta”ga qarshi maydonga tushadi. Shundan so‘ng madridliklarni Chempionlar ligasida “Manchester City”ga qarshi bahs kutmoqda.
Mazkur o‘yindan so‘ng “Real Madrid” Ispaniya chempionati turnir jadvalida 60 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist