«Real» Mourinyuni tekinga qoʻlga kiritishi mumkin — AS
«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Madridning «Real» klubi ustozligi uchun nomzodlar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Portugaliyalik mutaxassisning shartnomasida shunday band borki, unga ko‘ra u Lissabon klubini mavsumning so‘nggi o‘yini (16 yoki 17 mayga rejalashtirilgan)dan keyingi 10 kun ichida bepul tark etishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, agar «qirollik klubi» Mourinyo bilan shartnomani belgilangan muddatdan kechroq imzolashga qaror qilsa, «qaymoqranglilar» «ramziy miqdorda» tovon puli to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.
Ta’kidlanishicha, murabbiy bor e’tiborini hozirgi ishiga qaratgan va rasmiy muzokaralar bo‘lmagan bir sharoitda «Real» bilan bog‘liq mish-mishlardan g‘azabda. Shu bilan birga, mutaxassis Ispaniya grandini boshqarish g‘oyasiga ijobiy qaraydi.
«Benfika» esa Mourinyu bilan 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan amaldagi shartnomani uzaytirish niyatida emas.