locale OZ

«Real» Mourinyo uchun 6 mln yevro to‘lashi mumkin, ammo klubda yana to‘rtta nomzod bor — Romano

Portugaliyalik mutaxassis 2010-yildan 2013-yilgacha “Real”da ishlagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Mourinyo uchun 6 mln yevro to‘lashi mumkin, ammo klubda yana to‘rtta nomzod bor — Romano
ФОТО: Getty images

“Benfika” Joze Mourinyoni bosh murabbiy lavozimida saqlab qolmoqchi, biroq portugaliyalik mutaxassis unga qiziqish bildirayotgan Madridning “Real” klubini boshqarishni istamoqda. Shu bilan birga “qaymoqranglilar” yana to‘rt nafar nomi oshkor etilmagan murabbiy nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda “Benfika”ga 6 mln yevro to‘lashi kerak bo‘ladi, ammo ko‘rsatilgan summa may oyi oxirigacha amal qiladi. 63 yoshli mutaxassisning Lissabon klubi bilan mehnat shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Portugaliyalik mutaxassis 2010-yildan 2013-yilgacha “Real”da ishlagan va bu vaqt ichida u uchta sovrinni qo‘lga kiritgan. Madrid klubidagi avvalgi faoliyati davomida Mourinyo La Liga, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini yutgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting