«Real» Merinoga qiziqish bildirmoqda
Madridning «Real» klubi Londonning «Arsenal» jamoasi yarim himoyachisi Mikel Merinoni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» 30 yoshli futbolchining o‘yinlarini kuzatib bormoqda, biroq ayni paytda hech qanday muzokaralar olib borilmayapti. Taxminlarga ko‘ra, «Arsenal» yangi mavsumda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan Merino bo‘yicha 30–40 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Joriy mavsumda Merino barcha musobaqalar doirasida yettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq u Angliya Premyer-ligasida atigi 81 daqiqa harakat qildi.
Ispaniyalik yarim himoyachining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.