Real Mendi va Dias bilan xayrlashishga tayyor
Bu o‘yinchilardan tushadigan pullar evaziga klub muammoli chiziqlarni kuchaytirishga kirishadi.
ФОТО: Getty images
Himoyachi Ferlan Mendi va yarim himoyachi Braim Dias qishda "Real"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, madridlilar fransiyalik futbolchining jamoada o‘ynash vaqti tugadi, deb hisoblashmoqda. Klub futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor. Himoyachining xizmatlariga "Milan" qiziqish bildirgan.
Braim Dias Saudiya Arabistonining bir qator klublarida katta qiziqish uyg‘otdi va ular unga "ulkan shartnoma" taklif qilishga tayyor.
Bu o‘yinchilardan tushadigan pullar evaziga klub muammoli chiziqlarni kuchaytirishga kirishadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist