locale OZ

«Real» Mastantuononi «Benfika»ga ijaraga berishi mumkin

Uning “qirolicha klub” bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.
“Real” Mastantuononi “Benfika”ga ijaraga berishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Real” futbolchi Franko Mastantuononi ijaraga berish rejasidan voz kechgani yo‘q. Bu haqda Radio Marca xabar berdi.

18 yoshli argentinalik vingerga hozirda “Benfika” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aynan Portugaliya klubi uning ehtimoliy yangi manzili sifatida ko‘rilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Franko ushbu mavsum madridliklar safida 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 gol va 1 assist muallifiga aylandi. Uning “qirolicha klub” bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting