locale OZ

\"Real\" Markinyosga qiziqib qoldi

U La Ligaga yo‘l olishi mumkin
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real" Markinyosga qiziqib qoldi
Photo: Getty Images

"PSJ" markaziy himoyachisi Markinyos faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portalida xabar berildi.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, 31 yoshli futbolchiga "Real" qiziqmoqda. Parij klubi braziliyalik futbolchining transfer narxini 40 million yevroga baholamoqda.

Fransiya chempionatining o‘tgan mavsumida himoyachi 22 ta o‘yinda maydonga tushdi. Braziliyalik futbolchi ikkita gol urdi va uchta sariq kartochka oldi. Klubi bilan Yevropa Chempionlar ligasida zafar quchdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting