locale OZ

«Real» «Manchester Siti»ning ikki nafar futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Tomonlar oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» «Manchester Siti»ning ikki nafar futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubiga «Manchester Siti» markaziy himoyachisi Yoshko Gvardiol nomzodi taklif etildi. Ispaniya grandi ayni damda mudofaa chizigʻini kuchaytirishni oʻzining ustuvor vazifasi sifatida koʻrmoqda. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda xorvatiyalik futbolchining transferi boʻyicha «qaymoqranglilar» va «shaharliklar» oʻrtasida hech qanday muzokaralar olib borilayotgani yoʻq, biroq uning agentlari «Qirollik klubi»ga oʻtish variantini faol oʻrganishmoqda.

Shuningdek, «Real»ga «Manchester Siti» yarim himoyachisi va jamoa sardori Bernardo Silva nomzodi ham taklif qilingan. U yozda jamoani erkin agent maqomida tark etadi. Ta’kidlanishicha, portugaliyalik futbolchi faoliyatini «Barselona»da davom ettirish variantini rad etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting