“Real” “Manchester Siti” yarim himoyachisi Niko Gonsalesni short-listiga qo‘shdi
Madridning “Real” klubi “Manchester Siti” tayanch yarim himoyachisi Niko Gonsalesga qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli ispaniyalik futbolchi madridliklarning transfer short-listiga kiritilgan.
Manbaning yozishicha, “Real” Rodri Ernandes transferini amalga oshira olmagach, Gonsales variantiga e’tibor qaratgan. Klub yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun boshqa nomzodlarni ham ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, “Kristal Pelas” yarim himoyachisi Adam Uorton ham “Real”ning transfer ro‘yxatida qolmoqda. Hozircha Gonsales bo‘yicha “Manchester Siti”ga rasmiy taklif yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q.
Ma’lumot uchun, Niko Gonsalesning “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda u hozircha bitta uchrashuvda maydonga tushgan.