“Real Madrid”ning sobiq futbolchisi “Bayer” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
FOTO: Getty Images
“Real Madrid”ning yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Leverkuzenning “Bayer” klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda jurnalist Migel Anxel Dias xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Bayer” mavsum yakunida Xabi Alonso jamoani tark etsa, 42 yoshli ispaniyalik mutaxassis bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqchi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da Xabi Alonso Karlo Anchelotti iste'foga chiqarilganidan so'ng “Bayer”ni tark etib, “Real”ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma'lumot uchun, Alvaro Arbeloa 2022-yilning yozidan buyon “Real Madrid U19” jamoasini boshqarib kelmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist