locale OZ

«Real Madrid»da sardorlik masalasida ichki norozilik yuzaga keldi

Madrid klubi «Barselona»dan namuna olmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real Madrid»da sardorlik masalasida ichki norozilik yuzaga keldi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubining bir necha futbolchilari jamoada sardorni tayinlash tamoyillarini o‘zgartirish istagini bildirishdi. Ayni damda klubda sardorlik bog‘ichi jamoada eng uzoq vaqt to‘p surgan futbolchiga beriladi. Biroq jamoaning barcha a’zolari ham ushbu yondashuvga rozi emas. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Hozirda «Real»da sardorlarni tayinlashda staj (jamoada qancha vaqt o‘ynagani) tamoyili qo‘llaniladi. Shunga qaramay, bir qator o‘yinchilar ushbu qoidani bekor qilishni va «Barselona» namunasidagi gibrid tizimga o‘tishni taklif qilmoqdalar. Mazkur tizim ham stajni, ham kiyinish xonasidagi ovoz berish jarayonini o‘z ichiga oladi. Bir necha futbolchilar ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur masala atrofidagi taranglik yarim himoyachilar Orelien Tchuameni va Federiko Valverde o‘rtasidagi mojarodan so‘ng yanada yaqqol ko‘rinib qolgan.

Xabar qilinishicha, jamoa sardori sanalgan himoyachi Daniel Karvaxal mojarodan so‘ng stadionni birinchilardan bo‘lib tark etgan, biroq keyinchalik klubdan bo‘lgan qo‘ng‘iroqdan so‘ng, mushtlashuv ishtirokchilari bilan o‘tkaziladigan favqulodda yig‘ilishda qatnashish uchun qaytib kelgan. Boshqa vitse-sardorlar — Valverde va Vinisius Junior ham ushbu vaziyatda yetarli darajada vazminlik ko‘rsata olishmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting