locale OZ

«Real Madrid» Yurgen Klopp nomzodidan voz kechdi — manba

Nemis mutaxassisi Red Bulldagi sport direktori lavozimidagi faoliyatini davom ettirmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real Madrid» Yurgen Klopp nomzodidan voz kechdi — manba
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi rahbariyati germaniyalik mutaxassis Yurgen Kloppning mahoratini yuqori baholasa-da, endilikda uni jamoa bosh murabbiyligiga nomzod sifatida ko‘rmayapti. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Klopp ayni damda Germaniya terma jamoasi boshqaruviga tayinlanishni kutmoqda. Biroq u milliy terma jamoaning amaldagi ustozi Yulian Nagelsmannning faoliyatini hurmat qiladi va unga xalaqit bermoqchi emas. Germaniya terma jamoasini boshqarish imkoniyati tug‘ilgunga qadar, Klopp Red Bull guruhining sport direktori lavozimidagi faoliyatini davom ettirish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda Yurgen Klopp «qirollik klubi» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rsatilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting