«Real Madrid» Yoshko Gvardiolni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiolga qiziqish bildirmoqda. «Qaymoqranglilar» bir necha yildan buyon xorvatiyalik futbolchining o‘yinini kuzatib kelishmoqda va uni jamoa mudofaasini kuchaytira oladigan nomzod sifatida ko‘rishmoqda. Bu haqda Jutarnji nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «shaharliklar» 24 yoshli futbolchini o‘z safida saqlab qolish niyatida va unga 2033 yilga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.
Ta’kidlanishicha, 2028 yilning yoziga qadar amal qiladigan amaldagi kelishuvga ko‘ra, Gvardiol yiliga 12,3 million yevro maosh olmoqda.
Yoshko Gvardiol joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, xorvatiyalik himoyachining ayni damdagi bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etmoqda.