«Real Madrid» yangi transferlar uchun o‘yinchilarini sotishga majbur
Madridning «Real» klubi yangi transferlarni moliyalashtirish uchun ba’zi futbolchilarini sotishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, himoyachilar David Alaba va Antonio Ryudiger erkin agent sifatida jamoani tark etishi kutilmoqda. Shuningdek, zaxira o‘yinchilari Daniel Sebalyos va Gonsalo Garsiyani sotish variantlari ko‘rib chiqilmoqda. Jamoa sardori Daniel Karvaxalning kelajagi esa hozircha noaniq bo‘lib qolmoqda.
Nashrning yozishicha, garchi klub rahbariyati bo‘lajak transfer oynasini «shunchaki navbatdagisi» deb atasada, vaziyatdan xabardor manbalar yangi xaridlarni amalga oshirish uchun futbolchilarni sotish zarurligini ko‘rsatmoqda. Tarkibdagi o‘zgarishlar yanada keng ko‘lamli bo‘lishi mumkin. Shuningdek, klubning sport bo‘limida ham qayta qurish ishlari olib borilishi istisno etilmayapti.