locale OZ

«Real Madrid» yangi murabbiy oldiga asosiy talabni qo‘ydi

Ustuvor vazifa — ichki tartibni tiklash.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real Madrid» yangi murabbiy oldiga asosiy talabni qo‘ydi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi rahbariyati jamoaning yangi bosh murabbiyi oldiga joriy mavsum davomida yo‘qotilgan barqarorlik, o‘zaro hurmat va tartibni zudlik bilan tiklashni eng birlamchi vazifa qilib qo‘ymoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu vazifa yangi mavsumda «qaymoqranglilar» boshqaruvini qo‘lga oladigan har qanday mutaxassis uchun ustuvor etib belgilanadi. Ayni damda Madrid klubi bosh murabbiyligiga ayni vaqtda «Benfika»da faoliyat yuritayotgan Joze Mourinyu yaqin turibdi. Portugaliyalik murabbiy ushbu chaqiriqni qabul qilishga va vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirishga tayyor.

«Real» rahbariyati uchun ikkinchi darajali muhim vazifa tarkibni kuchaytirish hisoblanadi. Biroq klub mutasaddilari futbolchilar o‘rtasidagi ichki nizolar va kiyinish xonasidan ma’lumotlarning tashqariga sizib chiqishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish, yangi o‘yinchilar sotib olishdan ko‘ra muhimroq ekanini tushunib turishibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting