«Real Madrid» Xulian Alvares uchun «Atletiko»ga 150 million yevro taklif qildi
Madridning «Real» klubi oʻz rasmiy saytida hujumchi Xulian Alvaresni sotib olish boʻyicha «Atletiko»ga 150 million yevrolik rasmiy taklif bilan chiqqanini maʼlum qildi.
«Real Madrid» futbol klubi bugungi direktorlar kengashi yigʻilishi yakunlariga koʻra, «Atletiko» klubiga futbolchi Xulian Alvaresning transfer huquqi uchun 150 million yevro taklif qilganini eʼlon qiladi.
Ikki klub oʻrtasidagi oʻzaro yaxshi munosabatlar doirasida qilingan ushbu taklifni oʻrganib va baholab chiqqach, Madridning «Atletiko» klubi bildirilgan qiziqish uchun minnatdorchilik bildirdi va futbolchining shartnomasida koʻrsatilgan tovon puli miqdorini vaj qilib koʻrsatgan holda, uni rad etdi», — deyiladi «qirollik klubi» bayonotida.
Oʻtgan haftada «Real» prezidenti Florentino Peres seshanba, 9 iyun kuni nomi oshkor etilmayotgan futbolchi uchun 150 million yevro miqdorida taklif yuborishini eʼlon qilgan edi.
Maʼlumot uchun, Alvaresning «Atletiko» bilan shartnomasidagi voz kechish badali (tovon puli) 500 million yevroni tashkil etadi.