“Real Madrid” Virgil van Deykni nishonga oldi
“Real Madrid” “Liverpul” sardori Virgil van Deykni qishki transfer oynasida tarkibiga qo‘shishni ko‘rib chiqmoqda. Fichajes nashri xabariga ko‘ra, Madrid klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo 35 yoshli himoyachiga shaxsan qiziqish bildirmoqda.
Mourinyo mavsum boshidagi himoyadagi muammolar sabab tajribali markaziy himoyachini jamoaga qo‘shishni istamoqda. Van Deykning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil 30-iyungacha amal qiladi va klub hozircha uni uzaytirishni rejalashtirmayotgani haqida xabarlar bor.
Shu sababli, yanvar oyidagi transfer oynasi “Liverpul” uchun futbolchini transfer summasi evaziga sotish mumkin bo‘lgan so‘nggi imkoniyatlardan biri bo‘lishi mumkin. Joriy mavsumda Van Deyk barcha turnirlarda 6 ta uchrashuv o‘tkazib, gol yoki golli uzatma qayd etmagan.
Ma’lumot uchun, Van Deyk “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasini 2025-yil aprel oyida yana ikki mavsumga uzaytirgan. Shu bois, agar yangi kelishuvga erishilmasa, niderlandiyalik himoyachi 2027-yil yozida klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.