locale OZ

“Real Madrid” Vinisius Junior o'rniga kimni olib kelishi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real Madrid” Vinisius Junior o'rniga kimni olib kelishi ma'lum bo'ldi
FОТО: Real Madrid

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand, agar Vinisius Junior klubni tark etsa, “Real Madrid”ning asosiy transfer maqsadiga aylanadi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “qaymoqranglilar” norvegiyalik futbolchini 2022-yilda “shaharliklar” safiga o'tishidan oldin ham o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Vinisius “Real”ning 15-20 million yevrolik maosh bilan taklif qilingan shartnomasini rad etgandi. Braziliyalik vingeri yiliga 30 million yevro atrofida maosh olmoqchi.

Ma'lumot uchun, Holand joriy mavsum barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 200 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting