locale OZ

«Real Madrid» Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish ustida faol ish olib bormoqda — Romano

Florentino Peres muzokaralarga shaxsan aralashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real Madrid» Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish ustida faol ish olib bormoqda — Romano
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi braziliyalik hujumchi Vinisius Junior bilan amaldagi kelishuvni uzaytirish ustida faol ish olib bormoqda. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispan klubi rahbariyati futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yinidan juda mamnun. «Qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peres braziliyalik yulduzning shartnomani uzaytirishidan shaxsan manfaatdor va bu masalaga alohida e’tibor qaratmoqda. Hozirda muzokaralar davom etmoqda va yakuniy qaror Vinisiusning o‘ziga bog‘liq.

Vinisius 2018 yilning yozidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlar doirasida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 150 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting