«Real Madrid» Valverde va Tchuameni o‘rtasidagi mushtlashuv bo‘yicha rasmiy bayonot tayyorlamoqda
Qayd etilishicha, vaziyatga shaxsan Florentino Peres ham aralashgan.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi bugungi mashg‘ulot vaqtida yarimhimoyachilar Federiko Valverde va Aurelian Tchuameni o‘rtasida yuz bergan mushtlashuv yuzasidan rasmiy bayonot berishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres vaziyatga shaxsan aralashgan va har ikkala futbolchi — Valverde hamda Tchuameni bilan yuzma-yuz gaplashib olgan.
Ta’kidlanishicha, «Real» rahbariyati ushbu tartibbuzarlik sodir etgan futbolchilarga nisbatan albatta intizomiy choralar ko‘radi.
Avvalroq OAVda tarqalgan xabarlarda, kiyinish xonasidagi mushtlashuv natijasida urugvaylik futbolchi Valverdening boshi yorilgani va jarohat olgani aytilgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist