\"Real Madrid\" va \"Liverpul\" 100 million yevrolik transfer bo‘yicha rad javobini oldi
"RB Leypsig" 19 yoshli futbolchini kamida yana bir mavsum jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Foto: Getty Images
Madridning "Real" va Angliyaning "Liverpul" klublari "RB Leypsig" vingeri Yan Diomandeni transfer qilish borasidagi urinishlarida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Xabarlarga ko‘ra, har ikki klubning taxminan €100 millionlik taklifini Germaniya klubi rad etgan. "RB Leypsig" 19 yoshli futbolchini kamida yana bir mavsum jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda va uning transferi uchun bundan ham yuqoriroq mablag‘ talab qilmoqda.
Yan Diomande Yevropaning eng istiqbolli yosh futbolchilaridan biri sifatida baholanmoqda. Unga "Real Madrid" va "Liverpul"dan tashqari yana bir qator top-klublar ham qiziqish bildirmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist