locale OZ

«Real Madrid» Sandro Tonali uchun 75 million yevro sarflashga tayyor

Avvalroq futbolchiga «Arsenal» va «Man Siti» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real Madrid» Sandro Tonali uchun 75 million yevro sarflashga tayyor
FOTO: Getty Images

Italiya terma jamoasi va «Nyukasl» yarimhimoyachisi Sandro Tonali faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. TuttoJuve nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Madridning «Real» klubi futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uni yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Manbaning ta’kidlashicha, «qaymoqranglilar» ushbu transfer uchun 75 million yevro mablag‘ ajratishga tayyor. Avvalroq, Tonalining xizmatlariga Londonning «Arsenal» hamda «Manchester Siti» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda 25 yoshli italiyalik xavbek Angliya Premyer-ligasida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Tonalining «qarg‘alar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini aynan 75 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting