“Real Madrid” Rodrining transferi bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi
Bunga klubning asosiy e’tiborni Yan Diomande transferini yakunlashga qaratgani sabab bo‘lgan.
Foto: Getty Images
“Real Madrid” “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri transferi bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi. Bunga klubning asosiy e’tiborni Yan Diomande transferini yakunlashga qaratgani sabab bo‘lgan.
AS nashri xabariga ko‘ra, madridliklar Diomande bilan besh yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan va hozirda transferning so‘nggi hujjatlari rasmiylashtirilmoqda. Shu sababli Rodri bo‘yicha “Manchester Siti” bilan rejalashtirilgan muzokaralar keyinga qoldirilgan.
Shunga qaramay, “Real Madrid”ning Rodriga bo‘lgan qiziqishi saqlanib qolmoqda. Klub Diomande transferi rasman yakunlangach, ispaniyalik yarim himoyachini qo‘lga kiritish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashi kutilmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist