locale OZ

“Real Madrid” Rodrini transfer qilish bo‘yicha rejasini belgilab oldi

Rodrining “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real Madrid” Rodrini transfer qilish bo‘yicha rejasini belgilab oldi
Foto: Getty Images

“Real Madrid” “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrini o‘z safiga qo‘shib olish g‘oyasidan voz kechmagan. Biroq Madrid klubi ushbu transferni amalga oshirishdan avval jamoaning amaldagi yarim himoyachilaridan biri bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, agar Eduardo Kamavinga yozgi transfer oynasida klubni tark etsa, “qirollik klubi” Rodrini asosiy nomzod sifatida ko‘radi. Shundan keyingina “Real Madrid” “Manchester Siti” bilan rasmiy muzokaralarni boshlashi mumkin.

Rodrining “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgan. Shu sababli “Real Madrid” transfer summasi avvalgi yillarga nisbatan ancha past bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy kelishuvga erishilgani yo‘q.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting