locale OZ

“Real Madrid” Rodrigoga narx belgiladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real Madrid” Rodrigoga narx belgiladi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi yozgi transferlar vaqtida jamoa vingeri Rodrigoni sotishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Relevo nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “qaymoqranglilar” braziliyalik futbolchining boshlang'ich narxini 100 million yevro etib belgilagan. Hozirda Rodrigoga “Manchester Siti” va “Arsenal” qiziqish bildirmoqda.

Ta'kidlanishicha, 24 yoshli hujumchi yozda “Real”ni boshqarishi kutilayotgan Xabi Alonso bilan uchrashib, uning jamoadagi o'rni haqida bilmoqchi, shundan so'ng qaror qabul qiladi.

Ma'lumot uchun, Rodrigo joriy mavsum barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 100 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting