locale OZ

\"Real Madrid\" Rodri uchun ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda

Rodri 2019-yildan buyon "Manchester Siti" safida to‘p surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real Madrid" Rodri uchun ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

Madridning "Real" klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrini yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilagan. Sky Sports xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" ispaniyalik futbolchi uchun ingliz klubiga ilk rasmiy taklifni yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Manbaga ko‘ra, "Real Madrid" rahbariyati Rodrining shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolganidan unumli foydalanmoqchi. Klub prezidenti Florentino Peres transferni ma’qullagan va muzokaralarni tezlashtirish tarafdori. Ayrim xabarlarga ko‘ra, madridliklar dastlab 50 million yevro atrofidagi taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

"Manchester Siti" esa o‘z navbatida 30 yoshli futbolchini jamoada saqlab qolishni istamoqda va unga yangi shartnoma taklif qilgan. Biroq klub ehtimoliy transfer takliflariga ham tayyor turmoqda, chunki Rodrining amaldagi bitimi kelasi yozda yakuniga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Rodri 2019-yildan buyon "Manchester Siti" safida to‘p surmoqda. U klub bilan UEFA Chempionlar ligasi, Angliya Premyer-ligasi va boshqa qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan. 2026-yilgi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi sardori sifatida chempionlikni qo‘lga kiritib, turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting