locale OZ

«Real Madrid» rahbariyati Alvaro Arbeloaning boshqaruv uslubidan mamnun

Avvalroq ispaniyalik mutaxassis Madrid klubi boshqaruviga kelgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real Madrid» rahbariyati Alvaro Arbeloaning boshqaruv uslubidan mamnun
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi rahbariyati jamoaning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaning yulduzli futbolchilar bilan muloqot qilish uslubini yuqori baholamoqda. The Touchline nashrining xabar berishicha, klub mutasaddilari ispaniyalik mutaxassisning jamoani boshqarish taktikasidan «nihoyatda mamnun».

Manbaning ma’lum qilishicha, Arbeloaning ustunligi shundaki, u «qaymoqranglilar» yetakchilariga maydonda keng harakat erkinligini taqdim etmoqda va ularga minimal darajadagi ko‘rsatmalar bilan cheklanmoqda. Bu esa yulduzli tarkibga o‘z salohiyatini erkinroq namoyish etish imkonini beryapti.

Shunisi e’tiborliki, klub ichki muhitida Arbeloaning uslubi avvalgi murabbiy Xabi Alonsoniki bilan solishtirilmoqda. Garchi «Real» rahbariyati Alonsoni mahoratli murabbiy deb hisoblasa-da, uning «Qirollik klubi» yetakchilari oldiga qo‘ygan haddan tashqari yuqori talablari futbolchilarga ma’qul kelmagani aytilmoqda. Jamoa yulduzlari bunday qat’iy talabchanlikka ko‘nikmaganliklari ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso o‘tgan yilning yozida «Real» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi, biroq joriy yilning 12 yanvar kuni klub u bilan hamkorlik to‘xtatilganini e’lon qildi. Oradan bir kun o‘tib, 13 yanvardan boshlab jamoa boshqaruvini Alvaro Arbeloa o‘z qo‘liga oldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting