locale OZ

«Real Madrid» «PSJ» hujumchisi Usmon Dembeleni sotib olmoqchi

Fransiyalik futbolchining parijliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilga qadar moʻljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real Madrid» «PSJ» hujumchisi Usmon Dembeleni sotib olmoqchi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi «PSJ» hujumchisi Usmon Dembeleni oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda, deya xabar bermoqda TRT Spor.

«Real Madrid» prezidenti Florentino Peres shu yozda hujum chizigʻiga shov-shuvli xaridni amalga oshirishni maqsad qilgan. Klub tarkibni kuchaytirish doirasida bir nechta istiqbolli nomzodlarni oʻrganib chiqdi va Dembele asosiy variantlardan biri boʻlib turibdi. Hujumchini sotib olish yoʻllaridan biri sifatida Braim Diasning sotilishi koʻrilmoqda, u yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.

Dembelening Parij klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar moʻljallangan.

Avvalroq OAVda «qaymoqranglilar» Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olish boʻyicha urinishlarni yakunlayotgani haqida xabar berilgan edi.

Yakunlangan mavsumda Dembele «PSJ» safida barcha turnirlarda 37 ta oʻyin oʻtkazib, 19 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi ayni paytda «Oltin toʻp»ning amaldagi sohibi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting