locale OZ

“Real Madrid” prezidenti Karlo Anchelotti bilan uchrashuv o'tkazadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real Madrid” prezidenti Karlo Anchelotti bilan uchrashuv o'tkazadi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres va ijrochi direktor Xose Anxel Samches jamoa Chempionlar Ligasini tark etganidan so'ng bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan uchrashuv o'tkazadi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ispan grandi rahbariyati Anchelotti kelasi mavsumda ham jamoani boshqarish yoki boshqarmasligi borasida hali bir qarorga kelmagan. Biroq, klub bu variantni ko'rib chiqmoqda.

Shuningdek, “Real” tarkibida bir qancha o'zgarishlar bo'lishi ta'kidlamoqda. Nafaqat Anchelotti, balki Lukas Vaskes, Luka Modrich va boshqa bir qator futbolchilar ham mavsum so'nggida jamoani tark etishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting